02 iyu 10:47
Yangiliklar
Tadbirlar
Bugun O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlaridan biri – GERB qabul qilingan kun!
Davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risidagi qonun hamda Oliy Kengashning qarori bilan qabul qilingan.
O'zbekiston Badiiy akademiyasining bir guruh rassomlari va grafik ustalari tomonidan yaratilgan gerb – mamlakatimizning davlat ramzi sifatida rasmiy hujjatlarda o'z ifodasini topgan.
Mamlakatimiz milliy terma jamoasi sportchilarining rasmiy liboslarida ham gerb tasviri aks etgan. Sportchilarimiz nufuzli xalqaro musobaqalarda g'alaba qozonganlarida milliy ramzimiz davlat bayrog'i ko'tarilsa, ularning ko'ksidagi davlat gerbi tasviri esa yurtimiz nomi va sharafini yanada ulug'laydi.
Bugun O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 29 yil to'ldi. SHu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug' sana bilan muborakbod etamiz. Mamlakatimiz mustaqilligi abadiy bo'lsin!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar