12 mar 08:16
Yangiliklar
Paralimpiya, Milan-Kortina-2026
Bugun para tog' chang'ichimiz qishki Paralimpiya o'yinlarida startga chiqadi
Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampecco shaharlarida IV qishki Paralimpiya o'yinlari davom etmoqda.
Unda o'zbekistonlik para tog' chang'ichilar — Firdavs Xudoyatov hamda Yulduz Maxmudova ishtirok etishidan xabaringiz bor. Bugun hamyurtimiz Yulduz Maxmudova tog' chang'isining gigant-slalom yo'nalishida startga chiqadi. Uning ishtirokid Toshkent vaqti bilan soat 13:25 dan keyin boshlanishi kutilmoqda.
Hamyurtlarimizning musobaqadagi taqvimi quyidagicha:
12 mart, 13:25: Yulduz Maxmudova (gigant slalom);
13 mart, 13:25: Firdavs Xudoyatov (gigant slalom).

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar