01 fev 12:15
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun Parij "Katta Dubulg'a" turnirida ikki dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Franciya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yangi mavsumning ilk musobaqasi start oladi.
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu turnirda sayyoramizning 4 qitasi roppa-rosa 50 davlatidan jami 298 (164 erkak, 134 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun tatamiga chiqadi. Yurtimiz sport sharafini Bahrom Boturov (-60 kg), SHahram Ahadov (-73 kg) va O'tkirbek To'raboev (+100 kg) himoya qiladi.
Bugun ulardan ikki nafari Bahrom Baturov va tajribali SHahram Ahadov bahslarga kirishadi. Saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-60 kg: Bahrom Boturov - Huseyn Allahyarov
-73 kg: SHahram Ahadov - Hong Nin Mak (Gonkong)/Jerom Zelman (Kot-d`Ivuar)
+100 kg: O'tkirbek To'raboev - Amadu Meyte (Franciya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar