02 fev 13:26
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun Parij "Katta Dubulg'a" turnirida og'ir vaznli dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Franciya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yangi mavsumning ilk musobaqasida ikkinchi kungi bellashuvlar bo'lib o'tadi.
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu turnirda uch dzyudochimiz ishtirok etayotgan bo'lib, ulardan ikki nafari g'olib va sovrindorlar safidan joy olib ulgurdi. Bu delegaciyamizning eng og'ir vaznli dzyudochisi O'tkirbek To'raboevga muxlislik qilamiz.
+100 kg vazn toifasidagi To'raboevlar sulolasi vakili qura natijasiga ko'ra ilk davrada franciyalik Amadu Meytega qarshi tatamiga chiqadi. Bugungi saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 14:15da boshlanadi. O'tkirbek ishtirokidagi bellashuv 4-tatamida 18-tartib ostida belgilangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar