24 avg 10:13
Yangiliklar
Tennis
Bugun Polina Kudermetova US Open 2026 turniridagi ishtirokini boshlaydi
O'zbekistonning uchinchi raketkasi "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 54 mln AQSH dollarini tashkil etuvchi US Open 2026 turnirining saralash bahslarida birinchi raqam ostida tasniflandi.
Qura natijasiga ko'ra hamyurtimiz saralashning 1/4 finalida chexiyalik 21 yoshli Linda Fruxvirtovaga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan bugun tunda, soat 00:30da boshlanadi.
Taqqoslash uchun, 23 yoshli Kudermetova WTA reytingida 97, Fruxfirtova 179-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ikkinchi uchrashuvi bo'ladi. Ilk bahs 2024 yil 23 sentyabr kuni Pekin shahridagi turnir doirasida bo'lib o'tgan va unda Kudermetova 6/7(3), 6/1, 6/2 hisobida g'alaba qozongan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar