28 jan 08:23
Yangiliklar
Bugun Portugaliya Gran-prisi boshlanadi. Dzyudochilarimiz raqiblarini bilib olishdi
Yilning dastlabki IJF turnirida 5 qitaning 41 davlatidan jami 301 (179 erkak, 122 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Ular qatorida 11 nafar dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Kecha musobaqaga qura tashlash marosimi o'tkazildi. Dzyudochilarimiz ilk davradayoq Yaponiya, Janubiy Koreya, Mo'g'uliston singari kuchli mamlakat vakillariga qarshi tatamiga chiqadigan bo'lishdi.
Qura natijalari
ERKAKLAR
-60 kg vazn toifasi
Bahrom Baturov - Balabay Agaev (Ozarbayjon)
Mirzohid Mahammadjonov - Xarim Li (Janubiy Koreya)
-66 kg vazn toifasi
Muhriddin Tilovov - Yamato Fukuda (Yaponiya)
-73 kg vazn toifasi
Murodjon Yo'ldoshev - Turpal Djoukaev (Finlyandiya)
-81 kg vazn toifasi
Ramazon Allaberdiev - Mixaylo Svidrak (Ukraina)
-90 kg vazn toifasi
Doston Meyliev - Munxbayar Battogtokx (Mo'g'uliston)
-100 kg vazn toifasi
Aqlmurodbek Xudoyberdiev - Yoris Agbegnenou (Franciya)
QIZLAR
-48 kg vazn toifasi
Xalimajon Qurbonova - Katarina Kosta (Portugaliya)
Gulnur Muratbaeva - Li Xay Keyong (Janubiy Koreya)
-70 kg vazn toifasi
SHohista Nazarova - Jabina Gerjak (Vengriya)
-78 kg vazn toifasi
Irisxon Qurbonboeva - Karolina Payva (Portugaliya)
Fikrlar