03 iyu 12:15
Yangiliklar
Bugun Qoraqalpog'istonda katta qo'l jangi oqshomi o'tkaziladi (to'liq kard)
Unda aralash yakkakurash ustalarimiz bilan birga dunyoning 6 davlatdan kelgan kuchli qo'l jangi sporti vakillari o'z mahoratlarini namoyish etadilar. Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Belarus, Germaniya va Moldovadan kelgan sportchilar Husniddin Sattorov, Ikrom Abduraimov, Nursulton Seytmuratov, Jamshid Rahmonaliev, SHahboz Tursunov, Botirbek Ho'jabekov kabi nomdor jangchilarimizga qarshi kurash olib borishadi.
Kecha jangchilar vazn o'lchash hamda face to face, ko'z urishtirish marosimlarida yuzma-yuz kelishdi. Oqshomning markaziy jangi 97 kg vazn toifasida hamyurtimiz Botirbek Xo'jabekov hamda moldovalik Dmitriy CHakusta o'rtasida o'tkaziladi.
Bugungi oqshom juftliklari
62 kg: SHahboz Tursunov (O'zbekiston) - Tohir Tokarev (Rossiya)
97 kg: Jamshid Rahmonaliev (O'zbekiston) - Denis Gvozdev (Belarus)
67 kg: Husniddin Sattorov (O'zbekiston) - Nik SHandler (Germaniya)
57 kg: Ikrom Abduraimov (O'zbekiston) - Zafar Abdurahmonov (Ozarbayjon)
80 kg: Nursulton Seytmuratov (O'zbekiston) - Ulug'bek Usmonov (Tojikiston)
97 kg: Botirbek Xo'jabekov (O'zbekiston) - Dmitriy CHakusta (Moldova)
Fikrlar