15 apr 10:41
Yangiliklar
Sambo

Bugun sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionatida 16 ta medallar jamlanmasi o'z egalarini topadi, tantanali ochilish marosimi ham bugun o'tkaziladi
Kecha Toshkent shahrida sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati start oldi.
Bugun musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlari o'tkaziladi. SHuningdek, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi.
Kun davomida 16 ta yo'nalishda medallar egalari aniqlanadi:
Sambo, erkaklar: -79 kg, -88 kg, -98 kg, +98 kg.
Sambo, ayollar: -65 kg, -72 kg, -80 kg, +80 kg.
Jangovar sambo, erkaklar: -58 kg, -64 kg, -71 kg, -79 kg.
Jangovar sambo, ayollar: -50 kg, -54 kg, -59 kg, -65 kg.
Saralash bahslari soat 10:00dan boshlab "Yunusobod" sport majmuasida start oladi. Soat 16:00da musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkaziladi. 17:00dan boshlab final bahslari boshlanadi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar