25 iyu 03:30
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun Sardor va Diyoradan medallar kutamiz!
Bugun Tokio-2020 Olimpiadasining ikkinchi kungi bellashuvlari o'tkaziladi.
Diqqat-etiborimiz musobaqaning dzyudo bellashuvlariga qaratiladi. Bugun ikki dzyudochimiz Olimpiada medallari uchun tatamiga chiqadi. Sardor Nurillaev ilk davrada moldovalik Denis Vieru, Diyora Keldiyorova esa mo'g'ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga qarshi bahs olib boradi.
Malumot uchun, Olimpiadaning dzyudo bellashuvlari Toshkent vaqti bilan soat 07:00da "Nippon Budokan" arenada boshlanadi.
Tokio-2020. Dzyudo. Birinchi davra
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Sosorbaram Lxagvasuren (Mo'g'uliston)
-66 kg: Sardor Nurillaev — Denis Vieru (Moldova)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar