10 mar 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun SHahram G'iyosov professional boksda debyut qiladi
Havaskor boks bo'yicha Rio Olimpiadasi kumush medali sovrindori, jahon chempioni SHahram G'iyosov Amerika vaqti bilan bugun prof ringdagi ilk jangini o'tkazadi.
G'iyosov bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHda argentinalik Nikolas Velaskesga qarshi ringga ko'tariladi. Bu SHahramning professional boksdagi debyut jangi bo'ladi.
Malumot uchun, Velaskes shu kungacha professional ringda 12ta jang o'tkazgan va ularning 10tasida g'alaba qozona olgan. Ikkita jangda esa imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar