16 noy 09:31
Yangiliklar

Bugun SHohjahon Ergashev va yana ikki hamyurtimiz Krasnogorskda jang o'tkazadi
Boks oqshomidan jami 8 ta jang o'rin olgan bo'lib, ularning uchtasi o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida kechadi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev faoliyatidagi 19-jangida belaruslik Dmitriy Miliushaga qarshi ringga ko'tariladi. Jang yarimo'rta vazn toifasida o'tkaziladi.
Beshariqlik yana bir bokschimiz Mirzakamol Nematov bugun prof ringdagi ikkinchi jangini o'tkazadi. Bugun u rossiyalik Alisher Ashurovga qarshi ringga chiqadi. Nematov debyut jangida rossiyalik Dmitriy Antipovni texnik nokaut evaziga mag'lub etgan edi. Bugungi raqibi esa 29 ta jang o'tkazib, 26 tasida yutqazgan.
Bugungi oqshomda ringga chiquvchi uchinchi bokschimiz Alisher SHodievning raqibi rossiyalik Magomedriza Mutalibov bo'ladi. Har ikki bokschi ham prof ringda bittadan g'alaba va mag'lubiyatga ega bo'lib turibdi.
Fikrlar