21 iyu 16:02
Yangiliklar
Tennis

Bugun Sultonov Segoviyadagi yurishini boshlaydi
Ispaniyaning Segoviya shahrida tennis bo'yicha Challenger 75 toifasiga kiruvchi turnir boshlandi.
Mukofot jamg'armasi 91,250 evroni tashkil etuvchi Open Castilla y Leon Villa de el Espinar turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etadi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada gruziyalik Saba Purceladzega qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ayni paytda ATP reytingida 268, Purceladze esa 273-o'rinni egallab turibdi. 1/16 final doirasidagi ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 19:30da boshlanadi. Bu tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuvi bo'ladi. O'tgan hafta Humoyun Ispaniyadagi turnirning ilk bosqichida Sabani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. O'tgan yili o'zaro o'tkazilgan ilk bahsda ham hamyurtimizning qo'li baland kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar