10 jan 08:44
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun Toshkentda 500 dzyudochi ishtirokida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlanadi
Bugun poytaxtimizdagi "JAR" sport sog'lomlashtirish majmuasida dzyudo bo'yicha xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini start oladi.
25 yanvarga qadar davom etadigan qo'shma mashg'ulotda yurtimiz dzyudochilari qatorida Rossiya, Avstriya, Livan, Hindiston, Mo'g'uliston, Qozog'iston, Qirg'iziston davlati terma jamoalarining jami 500 nafar azosi ishtirok etadi.
Ushbu xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini ishtirokchi davlat terma jamoalariga 2022 yilgi dzyudo mavsumi uchun ilk tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi. Bu yil qitamiz dzyudochilarini Xitoyda o'tkaziladigan Osiyo o'yinlari, dunyo sportchilarini esa aynan Toshkent shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionati kutib turibdi.
Mashg'ulotlar har kuni soat 10:00 hamda 17:00 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar