18 okt 08:06
Yangiliklar
Bugun Toshkentda “Titanlar jangi” start oladi
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ushbu super turnirda dunyo tan olgan to'rt nafar grossmeyster ishtirok etadi.
Ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov 2013 yili blic yo'nalishida jahon chempioni bo'lgan. Isroillik Boris Gelfand 2009 yilda Jahon Kubogi sohibiga aylangan. Ukrainalik Ruslan Ponomarev 2002-2003 yillarda jahon chempionligiga erishgan. Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov esa 17-jahon chempioni xisoblanadi.
Bugun “Miran” mehmonxonasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. SHaxmat Yulduzlari turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 50 ming Amerika Qo'shma SHtatlari dollarini tashkil etadi. G'olib grossmeyster 20 ming dollarga ega bo'ladi.
Fikrlar