18 apr 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun WBC Gran-prisida ikki bokschimiz jang qiladi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC tashkilotining Gran-pri turniri o'tkazilmoqda.
Kecha musobaqa doirasida hamyurtimiz Ayubxon Baxtiyorov franciyalik raqibi ustidan texnik nokaut evaziga g'alaba qozonib, 1/8 finalga yo'l olgandi. Bugun Mujibillo Tursunov va Kamronbek Eshmatov 1/6 finalda ringga ko'tariladi. Janglar bizning vaqt bilan soat 17:00dan keyin boshlanadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi bugungi janglar:
Mujibillo Tursunov - Maykl Adesodun (JAR)
Kamronbek Eshmatov - Danilo Lozan (Ukraina)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar