12 fev 06:30
Yangiliklar
Xarbin-2025
![](/upload/storage/322495_220.jpg)
Bugun Xarbin-2025 qishki Osiyo o'yinlaridagi ilk medalimizni qo'lga kiritishimiz mumkin. Kun davomida chiqish qiladigan barcha sportchilarimiz ro'yxati bilan tanishing
Xitoyning Xarbin shahrida davom etayotgan IX qishki Osiyo o'yinlari doirasida bugun o'ninchi kungi bellashuvlar o'tkaziladi.
Kun davomida O'zbekiston terma jamoasi azolari figurali uchish va chang'i alpinizmi sport turlarida bahs olib borishadi. Erkin dasturda chiqish qiladigan CHigirev va Geynish juftligi kecha o'tkazilgan qisqa dastur yakuniga ko'ra birinchi bo'lib turishibdi. SHunday ekan, bugun Xarbin-2025 doirasidagi ilk medalimizni qo'lga kiritishimiz ehtimoli juda yuqori.
7:30 dan so'ng:
CHang'i alpinizmi (aralash juftlik). Jasur SHamsiddinov, Feruza Boboqulova;
10:30 dan so'ng:
Figurali uchish (ayollar, qisqa dastur). Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova;
16:30 dan so'ng:
Figurali uchish (sportcha juftlik, erkin dastur). Dmitriy CHigirev va Ekaterina Geynish.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar