30 iyu 06:16
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun yakkalikdagi so'nggi imkoniyatdan foydalanamiz
Bugun "Nippon Budokan" arenada Tokio-2020 Olimpiadasining yakkalik bahslari yakuniga etadi.
So'nggi kun dasturidan og'ir vazn toifasidagi bellashuvlar o'rin olgan bo'lib, erkaklar +100 kg, ayollar esa +78 kg vaznda Olimpiada medallari uchun tatamiga chiqadilar. Bugun yakkalikda medal yo'lidagi so'nggi umidimiz - Bekmurod Oltiboevga muxlislik qilamiz.
Uning birinchi bosqichdagi raqibi mo'g'ulistonlik Durenbayar Ulzibayar bo'ladi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan taxminan soat 07:45da boshlanadi. Bahs g'olibini ikkinchi davrada niderlandiyalik Xenk Grol kutib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar