14 apr 07:00
Yangiliklar
Sambo

Bugun yurtimizda sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati start oladi
Bugun, 14 aprel kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati start oladi.
Musobaqada qitamizning 25 ga yaqin mamlakatidan 600 nafardan ziyod sportchi ishtirok etadi.
Bellashuvlarga "Yunusobod" sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Bugun musobaqa doirasida kattalar o'rtasida sambo va jangovar sambo, shuningdek ko'zi ojizlar va zaif ko'ruvchilar o'rtasida bahslar tashkil etiladi.
Muxlislarimizni "Yunusobod" sport majmuasiga chorlab qolamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar