24 may 09:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugungi g'alaba bahslimi? Usik javob berdi
Misrning Giza shahrida o'tgan professional boks turnirining asosiy jangida kikbokschi Riko Verxuvenni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratgan Aleksandr Usikka etirozlar etarlicha bo'lmoqda.
Ukrainalik jahon chempionining o'zi bu etirozlarga munosabatini bildirdi. Superog'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan Usik raqibiga hurmat bajo keltirdi, lekin o'z g'alabasini bahsli deb hisoblamasligini aytdi.
"Riko, sen ajoyib jangchisan! Jamoam, sizlarni yaxshi ko'raman. Sizlar eng zo'risizlar! Ha, bu jang og'ir bo'ldi, lekin boshqa tomondan menga maqul keldi. Men shunchaki boks tushdim, o'ng apperkotim esa bomba, Xudoga shukur!", - dedi ukrainalik bokschi.

Havola :
Fikrlar