19 noy 20:29
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bugungi kun hisobida ilk medalimiz OLTIN bo'ldi. Umumiy medallarimiz 80 taga etdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri mezbonlik qilayotgan VI Islom birdamligi o'yinlari qizg'in kurashlar ostida davom etyapti.
Biroz avval ayollar erkin kurashi dasturidan o'rin olgan final bellashuvlari boshlandi. Dastlab 50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Aktenge Keunimjaeva nigeriyalik raqibasini 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu O'zbekiston delegaciyasining bugunning hisobidan birinchi, umumiy 80-medali bo'ldi.







Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar