26 mar 23:44
Yangiliklar
Dzyudo
Bugungi kun qahramonlari xursandchiligiga sherik bo'lamiz FOTOGALEREYA
Gruziya poytaxti mezbonlik qilayotgan Tbilisi "Katta Dubulg'a" turnirining birinchi kungi bahslari o'zbekistonlik dzyudochilar uchun omadli keldi.
Xabar berganimizdek, bugungi kun aka-uka Sardor va Kemran Nurillaevlarga ataldi. Sardor uch hafta avvalgi Toshkent "Katta Dubulg'a" turniridagi bronza medalini oltinga, ukasi Kemran esa bronzani kumushga aylantirdi. Sardor Nurillaev 1000, Kemran o'z hisobiga 700 reyting ochkosini qo'shib qo'ydi.
Tabiiyki, tantanali taqdirlash marosimidan so'ng Ilias Iliadis boshchiligidagi O'zbekiston dzyudo delegaciyasi kun qahramonlarining quvonchilariga sherik bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar