27 fev 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun o'zbekistonlik yosh MMA ustasi ONE FC'dagi navbatdagi jangini o'tkazadi
Bugun Tailandning Bangkok shahrida aralash yakka kurashlar (MMA, kik-boks, muay-tay) bo'yicha ONE Friday Fights 144 turniri o'tkaziladi.
Ahamiyatlisi, musobaqa doirasida hamyurtimiz Sardor Karimboev ham ishtirok etadi. 21 yashar Sardorga Janubiy Afrika Respublikasi vakili Edson Machavane raqib bo'ladi. Jang MMA qoidalari asosida o'ta engil vazn toifasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Sardor Karimboev faoliyati davomida hozirgacha 5 ta jangda qatnashib, barchasida zafar quchgan. Machavane hisobida esa 7 ta g'alaba mavjud.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar