27 jan 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA
BUM! Ramazon Temirov Toshkentda UFC sobiq jangchisiga qarshi oktagonga chiqadi! (POSTER)
7 fevral kuni poytaxtimiz Mangu MMA Ligasining ilk turnirini o'zida qabul qiladi.
"Humo arena" majmuasida tashkil etiladigan turnir uchun navbatdagi bahs elon qilindi.
Ahamiyatlisi, hozirda UFC'da faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Ramazon Temirov Mangu MMA 1 turnirida qatnashadigan bo'ldi. U mazkur musobaqada qozog'istonlik UFC sobiq jangchisi Azat Maksum bilan to'qnash keladi.
Jang Braziliya jiu-jitsusi qoidalari asosida o'tkaziladi.
Ramazon doping sababli hozirda UFC diskvalifikaciyasida hisoblanadi. U MMAdagi faoliyati davomida 21 ta jang o'tkazib, 19 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Maksum hisobida esa 15 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar