09 avg 22:38
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boshqalar
Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi. O'zbekistonlik uch aka-uka erkin kurashchilar MDH o'yinlari sovrindoriga aylandi!
Ayni damda Belarusda II MDH o'yinlarining beshinchi kunidan o'rin olgan bellashuvlar yakunlanmoqda.
Musobaqaning erkin kurash sport turida ham g'olib va sovrindorlar aniqlana boshladi. Quvonarlisi, bugungi kun doirasida - 65 kg vaznda bahslarda ishtirok etgan Javohir CHo'liboev hamda -74 kg vazn toifasida uning akasi Jafar CHo'liboev, shuningdek oilaning yana bir azosi Daler CHo'liboev (-79 kg) musobaqada bronza medalini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, aka-ukalar O'zbekiston delegaciyasi hisobiga navbatdagi bronza medallarini taqdim etdi.
Qayd etish lozimki, ushbu musobaqada bir oiladan uch vakil medal qo'lga kiritilgan holat bo'ldi.
Malumot uchun, ayni damda O'zbekiston delegaciyasi 44 ta medal bilan umumiy jadvalda uchinchi o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar