07 dek 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Bunaqasi UFC tarixida uchinchi marotaba bo'ldi
Myanmalik yangi chempion Joshua Van va braziliyalik Aleksandr Pantoja o'rtasidagi chempionlik jangi UFC tarixida jiddiy jarohat sabab to'xtatilgan uchinchi to'qnashuvga aylandi.
Jang davomida Pantoja o'zining xay-kikidan keyin qo'lini noqulay tarzda tushirdi va natijada uning tirsagi chiqib ketdi. Joshua bu vaziyatda hujumni davom ettirishga harakat qilmadi, chunki u Pantoja og'ir jarohat olganini darhol tushundi.
Qiziq jihati shundaki, bundan oldingi ikki jang braziliyalik Anderson Silva ishtirokida sodir bo'lgan. Birinchi shunday jang UFC 90 turnirida bo'lib o'tgan — o'shanda Patrik Kote tizzasidan jarohat olib, Anderson Silva g'alaba qozongan.
Ikkinchi jang esa 2013 yil dekabrida bo'lib o'tgan — revanshda Silva Kris Uaydmanga qarshi to'qnashuvda oyog'ini sindirib olgan.
Bu ro'yxatga ko'zga qo'lni tiqib olish yoki chovga zarba berilgan to'qnashuvlar kiritilmagan.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar