17 jan 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bundan yaxshiroq jangni tasavvur qilish qiyin". Dana Uayt qaysi jang haqida gapirdi?
UFC prezidenti Dana Uayt og'ir vaznda o'tkazilayotgan Frensis Ngannu va Siril Gan o'rtasidagi chempionlik jangi haqida gapirdi.
"Bu jang og'ir vazn tarixidagi eng yaxshisi bo'ladi. Eng zo'ri bo'lishi ham mumkin. Ikki yigit birga mashq qilib, mana bugun raqiblarga aylanishdi. Ularning birida kuchli zarba bor. Ikkinchisi xuddi o'rta vazn jangchisidek harakat qiladi.
Menimcha, Siril tarixdagi eng kuchli taktik hujumga o'tuvchi jangchi. Bundan yaxshiroq jangni tasavvur qilish qiyin. Ikkalasi ham chempionlar. Biri - chempion! Ikkinchisida ham vaqtinchalik chempionlik kamari bor", - deydi Dana Uayt.
Havola :
Manba : BT Sport
Fikrlar