03 dek 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bunday janglarni tomosha qilish qiziq emas". Dyu Plessi - CHimaev va Maxachev ishtirokidagi janglar haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Drikus Dyu Plessi Xamzat CHimaev va Islam Maxachevning jang uslubi haqida fikr bildirdi.
"Hozir biz shunday janglarni ko'ryapmizki, bu yigitlar raqibni erda ushlab turadi va shunchaki ustunlik qiladi. Meni Maddalenaga qarshi jangim ham xuddi shunday bo'lgan — 20 daqiqa nazorat. Hukmronlik qilganing yaxshi, lekin bunday jangni tomosha qilish qiziq emas.
Merab (Dvalishvili) jang qilganda esa zerikmaysiz. U oktagonga raqibni ushlab qolish uchun emas, finish qilish uchun kiradi. Uning uslubida mana shu jihat menga yoqadi", — deydi Dyu Plessi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar