03 iyu 17:21
Yangiliklar
Boks/MMA
"Buni hech qachon unutmayman". Jon Jons - Xabib Nurmagomedovning otasi haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Jon Jons Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiysi Abdulmanap Nurmagomedovning yillar avval aytgan so'zlari hali ham faoliyatidagi eng muhim etiroflardan biri bo'lib qolayotganini tan oldi.
O'shanda Abdulmanap amerikalik jangchini "Yaratganning tuhfasi" deb atagan edi.
"O'sha videoni ko'rganman. Men yarim og'ir vaznda jang qilayotgan paytimda u shu so'zlarni aytgan edi. Buni hech qachon unutmayman. Hamma hurmat qiladigan insondan bunday maqtov eshitish men uchun katta sharaf. O'zining kim ekanini isbotlab bergan insondan. Rostini aytsam, uning so'zlariga ishonaman.
Bu men uchun yanada katta ahamiyatga ega, chunki men xristianman, u esa musulmon edi. Uning men haqimda shunday fikrda bo'lgani ko'p narsadan dalolat beradi. Bu haqiqatan ham ko'p narsani anglatadi", — dedi Jons Red Corner MMA’ga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar