So’nggi yangiliklar

08:02Тошкентда ўтказиладиган қўлқопсиз жанглар бўйича PRIME FC турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди + ПОСТЕР 0 07:41Манама W75. Мария Тимофеева иштирокидаги учрашув якунига етмай қолди 0 20:00Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларининг барча натижаси битта саҳифада 0 17:52"Бунёдкор"да ўйнаган Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда 0 17:31Дана Уайт ўзига ёқмаган UFC жангчисига мағлубият тилаганини тан олди 0 17:10Дана Уайт Усик ва Zuffa Boxing билан музокаралар ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди 0 16:39"Реал" ва Винисиус шартнома бўйича музокараларда олдинга силжиди 0 16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0

30 may 20:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Burgut Jersiga qo'ndi - Xabib o'zining rekordini yangilash uchun Islamga yordam beradi

Islamning g'alaba qozonish imkoniyati biz o'ylagandan ham yuqorimi?

2 iyunga o'tar kechasi Nyuarkda (Nyu-Jersi, AQSH) UFC 302 turniri bo'lib o'tadi, Islam Maxachev Dastin Poredan kamarini himoya qiladi.

Rossiyalik chempion so'nggi haftalarni Amerikada o'tkazmoqda va bu lagerning muhim jihati shundaki, har bir bosqichda Xabib Nurmagomedov murabbiylar jamoasi bilan birga bo'ldi. Nihoyat, Maxachev muhim yangilikni hammaga aytdi: «Burgut Jersiga qo'ndi, u mening burchagimda bo'ladi. Rostini aytsam, bundan juda xursandman, chunki u sekundant, murabbiy, uka va do'st sifatida eng yaxshilardan biri».

Jiddiy burilish, chunki Xabib uzoq vaqtdan beri safdan chiqdi. U oxirgi marta 2022 yil oktabr oyida CHarlz Oliveyraga qarshi jang qilganida Islamga yordam bergan edi. SHundan so'ng, Nurmagomedov ko'proq vaqtini oilasi bilan o'tkazmoqchi ekanini aytib, tatilga chiqdi. U baribir jamoaga tayyorgarlik ko'rishda ko'mak berdi, ammo yakuniy bosqichda Islamni tark etdi. Maxachev va Aleks Volkanovski o'rtasidagi ikkala jangda ham shunday bo'lgan.

Islam ham, Xabibning o'zi ham Nurmagomedov nega do'stiga sekundantlik qilamadi degan savollarga bir necha bor javob berishgan. Endi bu haqda kamroq gap bo'ladi.

Xabibning sekundantlikka qaytishi ham Maxachev jamoasi Pore bilan to'qnashuvga jiddiy yondashayotganidan dalolat beradi. Ushbu jang elon qilingandan so'ng, Islam uchun juda oson variant ekanligi haqida juda ko'p gapirildi. Bundan tashqari, Dastin, o'zining ajoyib statistikasiga qaramay, shunchaki navbatdagi qadam sifatida qabul qilindi. Xabibning qaytishi Maxachev qiyin raqib bilan qiyin jangga tayyorgarlik qilganini ko'rsatadi.

Boshqa tarafdan bu Porega bosim o'tkazishi mumkin. Dastin Xabibga bir marta yutqazdi va bu unga ruhiy jihatdan katta zarba bo'ldi. O'sha jangdan keyingi matbuot anjumanida Dastin ko'z yoshlarini tiya olmadi. Nurmagomedov jangchi sifatida qaytmasada Porega chempionlikka bir qadam qolganda uchragan alamli mag'lubiyatini eslatishi mumkin.

Qolaversa, Burgutning burchakda bo'lishi Maxachev uchun katta yordamdir. Xabib endi jang qilmaydi, lekin u ushbu sportning sirlarni biladi va eng muhimi, tezkor maslahat bilan yordam berishga qodir.

Nurmagomedov har doim tinglanadi va u jang uchun deyarli mukammal reja tuzadi. Maxachev va Volkanovski o'rtasidagi birinchi jangdan so'ng, burchakdagi vaziyat Xabib bilan ancha yaxshi bo'lishi haqida ko'p gapirildi. Va buni Islamning o'zi ham takidlagan.

Xabibning maslahatlarini burchakdan ham eslab qolishingiz mumkin. Xususan, Maxachev va Den Xuker o'rtasidagi jangda afsonaviy «o'ng oyoq bilan boshiga!» ko'rsatmasini hamma eshitdi. SHundan so'ng Islam buni amalga oshirdi.

Burchakdagi Xabib Maxachev uchun aniq foydaga ishlaydi. Bu Rossiya chempioniga ishonch qo'shadi. Agar Islam g'alaba qozonsa va katta do'stining yutuqlarini o'zinikidan ustun qo'ysa, bu ramziy jihatdan hurmatga loyiq ish bo'ladi. Bu kamar uchun uchinchi himoya va chempionlik janglaridagi to'rtinchi g'alaba bo'lishi mumkin - bu Xabibga tegishli bo'lgan divizion rekordini takrorlash. Bundan tashqari, agar muvaffaqiyat qozonsa, Maxachev engil vazn toifasida g'alabali ceriyasini 13 ta jangga uzaytiradi - bu divizion uchun mutlaq rekord. Hozircha uch kishi ketma-ket 12 g'alaba bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi - Islamning o'zi, Toni Fergyuson va, albatta, Xabib Nurmagomedov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing