23 sen 14:18
Yangiliklar
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi: Isroil terma jamoalariga 6-turda texnik mag'lubiyat qayd etildi
Malum bo'lishicha, 21 sentyabr kuni Isroil erkaklar terma jamoasi Niderlandiyaga, ayollar jamoasi esa Bolgariyaga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Biroq mazkur uchrashuvlar yahudiylik dinidagi muhim sana — Yom Kippur kuniga to'g'ri kelgan.
Isroil shaxmat federaciyasi malumotiga ko'ra, tashkilot bu masala yuzasidan yanvar oyidayoq FIDE’ga murojaat qilgan. Federaciya 20 sentyabrdagi 5-tur bahslarini rejadan oldinroq boshlash, 21 sentyabrdagi 6-tur uchrashuvlarini esa soat 19:30 dan keyin o'tkazishni so'ragan. Isroil tomoni FIDE ushbu taklif bo'yicha yozma ravishda rozilik berganini bildirgan.
5-turda Singapur va Kolumbiya terma jamoalari Isroilning iltimosini qabul qilib, uchrashuvlarni belgilangan vaqtdan 1 soat 15 daqiqa oldin boshlagan.
Biroq 6-turda Niderlandiya va Bolgariya jamoalari bahslarni boshqa vaqtga ko'chirishga rozi bo'lmagan. Natijada Isroilning erkaklar va ayollar terma jamoalariga ushbu turda texnik mag'lubiyat qayd etilgan.
Fikrlar