02 okt 07:48
Yangiliklar
Buxoroda "Sog'lom hayot sari qadam" shiori ostida marafon bo'lib o'tdi
Pandemiya davrida jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targ'ib etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu ommaviy tadbirda viloyat mutasaddilari, keksalar va nuroniylar, ayollar va yoshlar belgilab berilgan masofani piyoda bosib o'tishdi. Takidlab o'tish lozim ushbu tashkil etilgan ommaviy sport tadbirida 3000ga yaqin aholi ishtirok etdi.
Zero sog'lom tanda sog' aql deganlaridek ayni paytda kasallikka qarshi kurashishda sport bilan shug'ullanish o'z ijobiy samarasini bermasdan qolmaydi.
Fikrlar