So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

09 mar 16:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Buyuk Britaniyada boks bo'yicha "Yilning eng yaxshilari" aniqlandi

Britaniya boksni nazorat qilish kengashi tomonidan bir nechta nominaciyada 2025 yilning eng yaxshilari elon qilindi.

Superog'ir vazn toifasi WBO yo'nalishida yangi jahon chempioni Fabio Uordli "Yil bokschisi" mukofotiga sazovor bo'ldi. Konor Ben va Kris Yubank o'rtasida 2025 yil aprel oyida bo'lib o'tgan birinchi jang Buyuk Britaniya boksida "Yil jangi" deb topildi.

31 yoshli Uordli o'tgan yili Jastis Xanini nokautga uchratgan. Keyin esa WBO vaqtinchalik chempioni Jozef Parkerni nokaut evaziga engib, mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikdan vakant qolgan WBO kamarining to'laqonli egasiga aylangandi. 

Ukrainalik Usik ham Britaniya boksni nazorat qilish kengashining mukofotiga sazovor bo'ldi. U 2025 yilning eng yaxshi xorijlik bokschisi deb topildi. Yozda u "Uembli" stadionida britaniyalik Daniel Dyubuani nokautga uchratdi va ikkinchi marta superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylandi.

Britaniyalik 21 yoshli superog'ir vazn toifasidagi bokschi Mozes Itauma jurnalistlar tomonidan "Yilning eng yaxshi yosh bokschisi" deb topildi.

Buyuk Britaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi Ben Deyvison bo'ldi, u boshqa bir necha bokschilardan tashqari Uordli va Itaumaga ham ustozlik qiladi.

Birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, o'tgan yili faoliyatini yakunlagan Josh Teylor esa "Alohida xizmatlari uchun" mukofotiga sazovor bo'ldi.

SHuningdek, birinchi yarim o'rta vazn toifasida yangi WBC chempioni Dalton Smit, murabbiy Nayjel Trevis va 1909 yildan beri nashr etiladigan boks jurnali Boxing News muharrirlari ham mukofotlarga sazovor bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing