So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

11 iyu 16:53
Yangiliklar

Tadbirlar

Buyuk siymoga yuksak ehtirom ifodasi+FOTO

Mustaqilligimiz asoschisi va Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2016 yil oktyabr oyida “Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi” tashkil etilgandi.

Fondning tashabbuskorlari Birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimova va qizi Lola Karimova-Tillyaevalardir. 

Islom Karimovning mamlakatdagi yosh avlodni qo'llab-quvvatlash, chuqur bilim va yuksak manaviyat sohibi bo'lgan yoshlarni tarbiyalashdek xayrli ishlarini davom ettirish, O'zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash, mamlakatimiz hamda xorijda keng targ'ib etish Fondning asosiy maqsadlari sirasiga kiradi.

O'tgan qisqa muddat ichida Fondning faoliyati bilan tanishish, qolaversa, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko'rsatish maqsadida u erga yurtdoshlarimiz, turli tashkilot vakillari, o'quvchi-yoshlar, sportchilar tashrif buyurishdi. 

Yaqinda O'zbekiston Belbog'li kurash federaciyasi rahbariyati ham shunday tashabbusga qo'l urishdi. Belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston va Osiyo, jahon chempionlari joriy yilning 10 iyul kuni “Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi”ga tashrif buyurishdi. 

Tashrif chog'ida Belbog'li kurash federaciyasi azolari Tatyana Karimova va fond mutasaddilari bilan uchrashishdi. Uchrashuvda Islom Karimov tomonidan sportning milliy belbog'li kurash turiga bo'lgan etibori vako'rsatgan amaliy yordamlari va qo'llab-quvvatlaganliklari to'g'risida fikr almashildi. 

– Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov butun faoliyatini, hayotini Vatanimizning tinchlik-osoyishtaligi, xalqimizning baxtli va farovon hayot kechirishi, o'z orzu va maqsadlarini ro'yobga chiqarishi uchun baxshida qilganini bugun barchamiz bilamiz, - deydi O'zbekiston Belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov. - U kishining xotirasiga hurmat-ehtirom ko'rsatish ham sharaf, ham farzdir. Zero, Vatanimiz, xalqimizga butun borlig'ini baxshida qilib, fidoyilik ko'rsatib yashagan Birinchi Prezidentimizning ibratli hayoti va faoliyati xalqimiz, ayniqsa, sportchilarni vatanparvarlik ruhida, mustaqillikka sadoqatli qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. 

Tadbirda so'zga chiqqan sportchilar Islom Karimovning sportga bo'lgan yuksak darajadagi etiborini bot-bot gapirishdi. Tadbir davomida federaciya azolari va polvonlar Islom Karimov muzeyini tomosha qilishdi.

Uchrashuv yakunida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondiga federaciyaning Kubok va tashakkurnomalari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing