So’nggi yangiliklar

18:07Боб Арум: "Кўпчилик у Иноуэни мағлуб этишига ишоняпти" 0 17:38Жаҳонгир Жумаев ва Суҳроббек Атажанов UAE Warriors 60 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:03ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди? 0 16:32Рамазон Темиров Таиландда Холмурод Нурматов билан бирга шуғулланяпти (ФОТО) 0 15:58Боб Арум: "Ломаченконинг муаммолари бор" 0 15:27UFC 316 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0 14:27“Eindhoven Cup”. Бугун боксчиларимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилишади 0 13:57Tashkent W15 турнирида финалчилар аниқланди 0 13:29UFC 316 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 13:04Неймар коронавирус юқтириб олди 0 12:36Икки Олимпиада чемпионимиз "Эйндховен кубоги"да иккинчи жангларини ўтказишди 0 12:11Дзюдо бўйича ўсмирлар терма жамоамиз Сочи ва Горига жўнаб кетди 0 11:39"Ролан Гаррос". Аёллар ўртасидаги бош соврин ҳамда €2,550,000 кимга насиб этди? 0 11:14Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади 0

31 jan 10:52
Yangiliklar

Boks/MMA

Caidjamshid Jafarov tarozidan o'tdi, bugun u kamar uchun jang qiladi + FOTOGALEREYA

Bugun Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida boks bo'yicha nvbatdagi IBA Champions' Night turniri o'tkaziladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, "Lujniki" majmuasi mezbonlik qiladigan ushbu boks oqshomida hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. U rossiyalik Dmitriy Zaxarovga qarshi ringga ko'tariladi. 71 kg vazn toifasida tashkil etiladigan 6 raundlik jang IBA Pro European Champion kamari uchun kechadi. 

Kecha bokschilar rasmiy tarozidan o'tish hamda face to face marosimlarida ishtirok etishdi. Saidjamshid ham, Dmitriy ham belgilangan vazn meyorini bajargan. Turnirning co-main event jangi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda Bahodir Jalolovning sobiq raqibi belgiyalik Jek Mulovayi rossiyalik Artem Suslenkov bilan to'qnash keladi. Mazkur 10 raundlik jang g'olibi ham IBA Pro European Champion kamarini qo'lga kiritadi. 

Oqshomning markaziy jangi esa superog'ir vaznda rossiyalik Muslim Gadjimagomedov hamda Janubiy Afrika Respublikasi bokschisi Mchunu Tabiso o'rtasida bo'lib o'tadi. O'n raundlik jang g'olibi IBF Europe kamariga ega chiqadi. 

Malumot uchun, Saidjamshid so'nggi jangini o'tgan yilning 30 noyabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etilgan RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi turnirida rossiyalik Gor Oganesyanga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Bu havaskor boksda jahon chempionati sovrindori bo'lgan Saidjamshidning prof boksdagi debyut jangi bo'lgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing