24 jan 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Carukyan: "CHempionlik jangi olish uchun nima qilishim kerakligini tushunmayapman. Dana bilan gaplashmoqchiman"
UFC jangchisi Arman Carukyan unga UFC chempionlik jangini ikkinchi bor qo'lga kiritish uchun nima qilish kerakligini tushunmayotganini bildirdi.
"CHempionlik jangi olish uchun nima qilishim kerakligini umuman bilmayman. Dana bilan gaplashib, vaziyatga oydinlik kiritgim keladi. Bu haqda hatto gaplashmaganmiz ham. Dana mening Xukerga qarshi jangimni birinchi raqamli davogarlik jang deb aytgandi. Ammo bir hafta oldin Den bilan ko'z urishtirish marosimidagi tortishuv sabab men titul jangini ololmaganimni eshitdim. Vaholanki, rahbariyatdan bunday sababni eshitmaganman", — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar