04 may 10:52
Yangiliklar
Sport kurashlari
Carukyan, Dvalishvili, Kovington va boshqalar ishtirok etadigan RAF 9 turnirining to'liq kardi elon qilindi
30 may kuni AQSHning Texas shtati Dallas shahrida erkin kurash bo'yicha Real American Freestyle 09 turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi UFC vakili, Olimpiada chempioni Geybl Stivenson va UFC'ning sobiq jangchisi Aleksandr Romanov o'rtasida kechadi.
Bundan tashqari, turnir doirasida Kolbi Kovington, Kris Vaydman, Merab Dvalishvili va Arman Carukyan kabi yulduzlar ishtirok etadi.
RAF 09 turnirining to'liq kardi:
Geybl Stivenson — Aleksandr Romanov
Kolbi Kovington — Kris Vaydman
Kayl Snayder — Givi Macharashvili
Merab Dvalishvili — Frenki Edgar
Real Vuds — Ibragim Ilyasov
Jeyson Nolf — Minto
Parker Kekeysen — Georgios Kugumcidis
Zeyn Rezerford — Tumur-Ochirin Tulga
Bajrang Punia — Rij Lovett
Lyusiya Guzman — Kameron Guerin
Arman Carukyan — Killon Jimison.

Havola :
Manba : RAF
Fikrlar