07 jan 10:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Carukyan endi UFC'ning boshqa yulduziga qarshi greppling bellashuvini o'tkazishi mumkin
Hype FC ligasi direktori Armand Martirosyanning aytishicha, greppling bo'yicha navbatdagi turnirda UFC jangchisi Arman Carukyan amerikalik Dastin Pore bilan to'qnash kelishi mumkin.
"Biz fevral oyi uchun Dastin Pore bilan muzokara olib boryapmiz. U hali shartnoma imzolamadi, ammo muzokaralar davom etyapti. Katta ehtimol bilan, aynan u Armanning keyingi raqibi bo'ladi. Agar bu amalga oshmasa, MMA muxlislari uzoq kutgan yana bir jangchi ham bor. O'ylaymanki, bu hatto Carukyan va SHara o'rtasidagi bellashuvdan ham shov-shuvliroq bo'lishi mumkin", — dedi Martirosyan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar