25 jan 15:23
Yangiliklar
Carukyan Getji - Pimblett jangiga munosabat bildirdi
Asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasi Jastinga hurmatini bildirib, uni o'zining navbatdagi raqibi sifatida ko'rmoqchi ekanini aytdi.
"Senga imkoniyatlar berishsa va reytingni suniy ravishda ko'tarishsa, mana nima sodir bo'ladi - Peddi uchun mutlaqo loyiq bo'lmagan kamar imkoniyati edi bu. Jastinni tabriklayman. U haqiqiy xarakter ko'rsatdi va boshqalardan farqli o'laroq men bilan jangga chiqadigan bo'ldi. Respekt!", - deb yozdi "Axalkalakes" o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, bugun Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 324 turnirining asosiy jangida Jastin Getji britaniyalik raqibini hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratib, o'z faoliyatida ikkinchi bor vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Bu bilan u asosiy kamar egasi Iliya Topuriya bilan jang qilish imkoniyatiga ham ega bo'ldi.

Fikrlar