08 fev 16:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Carukyan keyingi jangini UFC sobiq chempioniga qarshi o'tkazishga tayyor
UFC jangchisi Arman Carukyan keyingi jangini sobiq chempion CHarlz Oliveyraga qarshi o'tkazishga tayyor ekanini aytdi.
"Hozircha hech qanday yangilik yo'q. Kamar uchun jang qilaman, deb umid qilaman — kim bilan, qaerda va qaysi vaznda bo'lishi muhim emas. SHuningdek, BMF kamari uchun bo'ladigan jang g'olibi bilan ham jang qilish qiziq bo'lardi. Umid qilaman, Oliveyra g'alaba qozonadi — bizning o'tmishdagi tariximiz bor, demak, revansh qilishimiz mumkin. Ayrimlar men uni bahsli qaror bilan yutganman, deydi. Lekin men uni yakdil qaror bilan yutganman, barcha raundlarda ustunlik qilganman, deb hisoblayman. Uni finish qilib, bu tasodif bo'lmaganini ko'rsataman: hatto o'sha paytda, ikki yil oldin ham, men undan yuqori klassda edim", — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar