02 iyu 14:53
Yangiliklar

Carukyan Maxachev - Maddalena jangining favoriti kimligini aytdi
Arman Carukyan Islam Maxachev va Jek Della Maddalena o'rtasidagi chempionlik jangida kimni favorit deb hisoblashini aytdi.
"Islamni kurashi va nazorati tufayli favorit deb hisoblayman. Jekning oxirgi jangini ko'rdim — u devor oldida o'zini teykdaunlardan yaxshi himoya qiladi, lekin markazda qanday bo'lishini bilmaymiz. Islam uni oktagon markazida parterga tushirishi kerak. Bilol Muhammad bunday qilmagandi, u boksini ko'rsatmoqchi bo'ldi, lekin parterga tushirishga harakat qilmadi. Islamning kurashi ancha kuchli.
Maddalena zo'r bokschi. Uning taymingi ajoyib — men hayratda qoldim. Topuriya UFC’dagi eng yaxshi bokschimi? Balki. Ammo menga Maddalena ko'proq yoqdi. Topuriya qattiqroq uradi, lekin ko'proq zarba ham o'tkazib yuboradi", — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : Обзор Press
Fikrlar