23 mar 10:52
Yangiliklar
Carukyan Movsar Evloevning chempionlik imkoniyatiga ega chiqqanini hazm qila olmayapti
"Men keyingisiman! Nima deb o'ylaysiz, UFC muxlislari, men yarim engil divizionni qutqarishim kerakmi?", - deb yozdi rossiyalik engil vaznli sportchi Londonda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 270 turniridan so'ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Carukyan chempionlikka jang qilish uchun yarim engil vaznga tushishga tayyorligini joriy yilning yanvar oyida elon qilgan bo'lsa, Volkanovski Armanni divizionda kutib olishga qarshi emasligini aytgandi. Carukyan yaqinda bergan intervyusida tashkilot rahbariyati bilan allaqachon gaplashgani va UFC’dagi navbatdagi jangi qachon bo'lishini bilishini aytgandi.
Britaniyalik Leron Myorfini hakamlarning ko'pchilik ovozi bilan mag'lub etgan Evloev divizion reytingida birinchi o'rinni saqlab qoldi va davogarlar poygasida etakchiga aylandi. Biroq rossiyalik tashkilot tomonidan Volkanovskiga navbatdagi raqib bo'lishiga 100 foiz kafolat berilmagan.

Fikrlar