So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

31 dek 11:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Carukyan Volkanovskining taklifiga rad javobini berdi

Engil vazn toifasi UFC reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan Aleksandr Volkanovskiga yo'q dedi.

Avstraliyalik chempion Armanga rossiyalik Islam Maxachevga qarshi jangga tayyorgarlikda sparring-sherik bo'lishni taklif qilgandi.

"U meni o'zining tayyorgarlik lageriga qo'shmoqchi bo'lgandi. Men bu taklifga rad javobini berdim. Avvaliga Sayat, keyin do'stim Edvin, shundan so'ng Amerikadan yana bir yigit menga qo'ng'iroq qilib, Volkanovskini Islamga qarshi jang uchun tayyorlashda yordam berishimni so'radi. Uning lagerida bo'lishim uchun hech qanday mantiq ko'rmayapman. Agar pul taklif qilinsa ham, hozirgi holatda rozi bo'lmayman. Mabodo, shu jangga zaxira varianti sifatida kiritilsam, Avstraliyaga jon deb borardim. Mening rejamda oilaviy xordiq bor. Uyda 8-9 oy bo'lmadim", - deya "Match TV" telekanaliga  intervyu bergan Carukyan.

SHuningdek, Arman Carukyan Islamga qarshi jangda Volkanovskining imkoniyatlarini chamalagan. 

"Aleks bir necha bor chempionlik kamarini himoya qilgan. "Stoyka"da zo'r jang o'tkazadi. Unga beetibor bo'lish yaxshi emas. Negadir ko'pchilik unga past baho beryapti. SHunday bo'lsa-da, men baribir Islamning imkoniyatlarini yuqoriroq baholayman - 60 ga 40. Agar Aleks qafas yonida turib qolmasa, markazda tik turgan holatda jang olib borsa, klinchga kirib bormasa, u holda Volkanovski qo'l va oyoq zarbalari bilan Islamni mag'lub etadi", - dedi Carukyan. 

Eslatib o'tamiz, Maxachev - Volkanovski jangi 12 fevral kuni Avstraliyaning Pert shahrida tashkil etiladigan UFC 284 turniri doirasida o'tkaziladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing