06 jan 14:39
Yangiliklar
Boks/MMA
"Carukyanga adolatsiz munosabatda bo'lishyapti" - tahlilchi
UFC turnirlarining sharhlovchisi va tahlilchisi, amerikalik Jon Anik tashkilot rahbariyati Arman Carukyanga nisbatan adolatsiz ish tutyapti, degan fikrga qo'shildi.
"Ko'pchilik muxlislar Arman Carukyan hozirda dunyodagi eng kuchli va eng mukammal engil vaznli jangchi degan fikrga qo'shiladi. Ammo UFC 311 oldidan aslida nima bo'lganini aniq faqat Xanter Kempbell, Dana Uayt va yana bir nechta tanlangan odamlar biladi. Kimdan so'rashingizga qarab, bu yoki vazn tushirish bilan bog'liq, yoki jarohat sababli bo'lgan deyishadi. Mening fikrimcha esa, unga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lishyapti", — deya Anikning so'zlarini keltiradi MMAJunkie portali.

Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar