12 jan 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Carukyanga chempionlik jangi berilmaganining sababi aytildi
UFC prezidenti Dana Uayt Arman Carukyanga nima sababdan engil vazndagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilish imkoni berilmaganini aytdi.
Uaytning so'zlariga ko'ra, Arman Den Xuker bilan jang oldidan tashkil etilgan sterdaun paytida raqibiga bosh bilan zarba bergani uchun tashkilot tomonidan cheklovlarga uchragan.
"Bu voqea qarorimizga tasir qildi. Ha, 100 foiz. Biz davogarlarni tanlashda turli omillarni hisobga olamiz va bu borada jangchining xulq-atvori ham muhim rol o'ynaydi", dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, Carukyan va Xuker o'rtasida o'tgan yilning noyabr oyida bo'lib o'tgan jangda Arman ikkinchi raundda bo'g'ish usuli orqali zafar quchgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar