21 iyu 10:32
Yangiliklar
CAS IBA apellyaciyasiga "yo'q" dedi
IBA Sudga Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) Ijroqo'mining tashkilotni tan olmaslik taklifi yuzasidan apellyaciya bergan va buni to'xtatishni so'ragan edi.
"Sport arbitraj sudining apellyacion palata raisi IBA talabini qondirmadi", — deyiladi CAS rasmiy bayonotida.
Ikki hafta avval Ijroqo'm Xalqaro olimpiya qo'mitasini IBAni XOQ talabidagi islohotlarga zid harakatlari uchun rasmiy xalqaro tashkilot sifatida tan olmaslikka chaqirgandi.
SHu tariqa, IBA shikoyati qabul qilinmadi va endi tashkilot bor umidini tez orada XOQning boks masalalariga bag'ishlab o'tkaziladigan navbatdagi tashqari sessiyaga tikadi.
Eslatib o'tamiz, Xalqaro olimpiya qo'mitasi 2019 yilda boshqaruv, moliya, hakamlik kabi masalalardagi muammolari sabab IBAni xalqaro tashkilot sifatida tan olinishidan mahrum qilgandi. IBA Tokio Olimpiadasi doirasidagi boks musobaqasini o'tkazishdan chetlatildi va hozirgi holatda Parij-2024 Olimpiadasi saralashida ham shu holat davom etadi.
Fikrlar