17 apr 08:18
Yangiliklar
Boks/MMA
CHarlz Oliveyra - Benil Dariush jangining yangi sanasi va manzili malum bo'ldi
Oliveyra Dariushga qarshi iyun oyida jang qiladi.
Engil vazn toifasida braziliyalik UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra 7 may kuni Benil Dariushga qarshi jang qilishi lozim edi, biroq CHarlzning jangga yaqin olgan jarohati to'qnashuvning nomalum muddatga qoldirilishiga sabab bo'lgan edi.
Mazkur jangning qachon o'tkazilishini insayderlar tomonidan malum qilindi. Unga ko'ra, sobiq chempion va titul jangiga davogar Dariush o'rtasidagi qarama-qarshilik 11 iyun kuni Kanadaning Vankuver shahrida tashkil etiladigan UFC 289 turniri doirasida o'tkaziladi.
UFC 289 turnirining markaziy jangi ayollar o'rtasida eng engil vazn toifasi chempioni Amanda Nunes va davogar Julainna Pena o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar