01 dek 13:51
Yangiliklar
Boks/MMA
CHarlz Oliveyra Islam Maxachevga qarshi revanshdan bosh tortdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi CHarlz Oliveyra Islam Maxachevga qarshi revanshdan bosh tortgan.
Tashkilot ilk jangdan so'ng braziliyalikka 21 yanvar kuni bo'lib o'tadigan UFC 283 kechasida jang qilishni taklif qilgan. Biroq CHarlz bu taklifga rozilik bermagan. Bu haqida CHarlz Oliveyraning murabbiyi Diego Lima malum qildi.
«Biz tezlik bilan revansh qilish imkoniyatidan foydalana olmaymiz. Aql bilan ish qilishimiz lozim va to'g'ri yo'l bilan chempionlik kamari uchun harakat qilishimiz lozim. Biz uchun ideal raqib Benil Dariush. Uning ajoyib g'alabali seriyasi bor. Biz ko'plab top jangchilarga qarshi bahs olib bordik, endi navbat Benilga”,-deb fikr bildirgan Lima.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar