25 dek 18:47
Yangiliklar

CHarlz Oliveyra Jastin Getjini soxta deb atadi
Engil vazn toifasida amaldagi UFCchempioni CHarlz Oliveyra UFC 269 musobaqasidan so'ng uni Dastin Porega qarshi muvaffaqiyatli chempionlik himoyasi bilan tabriklash uchun kelgan Jastin Getji haqida gapirdi.
“Jastin Getji ikki yuzlamachi va soxta. Bu yigit doim men haqimda hamma narsani gapirardi, lekin biz yuzma-yuz uchrashganimizda, u meni va mening yutuqlarimni hurmat qilishini, ikki daqiqadan so'ng yana yuzimni «bejab» qo'yishini aytdi.
U jangni sotishga urinib, o'zini har ko'yga soladigan odamlardan biri. Agar sen kamtarin va hurmatli yigit bo'lsang, bu sening jangni sotish usulingdir. Agar sen men haqimda yomon fikrda bo'lsang, buni doimo yuzimga ham, men yo'q joylarda ham aytishing kerak”, - dedi Oliveyra MMA Fighting nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar