07 may 14:35
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/217676_220.jpg)
CHarlz Oliveyra kechagi voqealarga izoh berdi. U vazn qila olmaslikda UFC'ni aybladi...
Endilikda engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi CHarlz Oliveyra vazn o'lchash marosimidagi omadsizlik haqida fikr bildirdi.
«Men chempion bo'lib qolaman. Men bir kun avval bo'lib o'tgan vazn o'lchash marosimida kerakli vazni qilgandim. O'shandan keyin hech nima emadim va ichmagandim. Men qizim bilan qasam ichaman, men haqman. Men ertasi kuni uyg'ondim va taroziga chiqsam, bir funt ortiqcha vaznim bor. Nimalar bo'layotganini tushunmay qoldim. Men professionalman, o'z ustimda ishlaydigan jangchilardanman. Men barchasini to'g'ri qildim. UFC tarozida xato qildi, buni bazi bir jangchilar ham aytishdi. Ularning xatosi bo'ldi. Nima bo'lgan taqdirda ham men chempionman»,-deb fikr bildirgan CHarlz Oliveyra.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar