So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

30 dek 09:48
Yangiliklar

Boks/MMA

CHarlz Oliveyra Maxachev - Volkanovski jangiga o'z taxminini aytdi

CHarlz Oliveyra Islam Maxachev va Aleks Volkanovski o'rtasidagi chempionlik jangi haqida fikr bildirdi.

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, braziliyalik CHarlz Oliveyra (33-9-1) ayni damda mazkur divizion chempioni, rossiyalik Islam Maxachev (23-1) va yarimengil vazn chempioni, avstraliyalik Aleks Volkanovski (25-1) o'rtasidagi bo'lajak jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Ularning ikkisi ham buyuk jangchilar. Volkanovski qo'l va oyoqda kuchli zarbaga ega, Islam esa raqibini parterga o'tkazib olsa, qattiq bosim qila boshlaydi. Menimcha, bu jangda Islam g'alaba qozonadi. Agar Aleks "stoyka"da jang qila olsa, imkoniyatlari bo'ladi", - dedi Oliveyra.

Eslatib o'tamiz, Maxachev - Volkanovski qarama-qarshiligi 2023 yil 11 fevral kuni Avstraliyaning Pert shahrida o'tkaziladigan UFC 284 musobaqasi doirasida bo'lib o'tadi.

CHarlz so'nggi bor 22 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA)da tashkillashtirilgan UFC 280 turniri doirasida aynan Islam Maxachevga qarshi jang qilib, mag'lub bo'lgan edi. Islam mazkur g'alabasi orqali engil vaznda aynan Oliveyra tomonidan vakant bo'lib turgan chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. 

Aleksandr Volkanovski esa ohirgi jangini 2 iyul kuni Las-Vegas (AQSH)da o'tkazilgan UFC 276 musobaqasi doirasida amerikalik Maks Xollouey (23-7)ga qarshi o'tkazib, hakamlarning qarori bilan g'alaba qozongan va o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik kamarini himoya qilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing